NEUSTOYKA

NEUSTOYKA (rus.) — fuqarolik huquqida majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usullaridan biri; qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi. Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha, Neustoyka toʻlash haqidagi talab yuzasidan kreditor oʻziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas. Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab taʼminlanadi. Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmasa, kreditor Neustoyka toʻlashni talab qilishga hakli emas. Neustoyka jarima yoki penya shaklida boʻladi. Neustoyka toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuziladi. Neustoyka toʻlash taraflarning keli-shuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, kreditor qonunda belgilangan Neustoyka (qonuniy N.)ni toʻlashni talab qilishga haqli. Qonuniy N. ning miqdori, agar qonun taqikla-masa, taraflarning kelishuvi bilan koʻpaytirilishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: NEUSTOYKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: N harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALIMENT
MAJBURIYAT
MODDIY JAVOBGARLIK
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты