QOPCHIGʻAY ADIRI

QOPCHIGʻAY ADIRI — Fargʻona botigʻining jan. qismi (Fargʻona viloyati)dagi adir. Jan. dan Yormozor adirorti botigʻi, shim. dan Soʻx, Aravon-Shahrixon daryolari yoyilma konsuslari bilan oʻralgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa 20 km ga yaqin masofaga choʻzilgan, eni 1—1,5 km. Eng baland joyi 735 m. Jan.gʻarbga pasayib boradi. Shim. yon bagʻri qiyaroq. Yon bagʻirlari koʻplab quruq soy va jarliklar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan braxian-tiklinal struktura. Toʻrtlamchi davrda yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomeratlari, gillari, shagʻal toshlardan tashkil topgan. Bular lyossimon jismlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, 200—250 mm yogʻin tushadi. Boʻz tuproqlar tarqalgan, rang, qoʻngʻir-bosh, shaytonkavush va b. oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, tulki, ilonlar, kaltakesaklar va b. uchraydi. Adir hududi yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: QOPCHIGʻAY ADIRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOLMOZOR ADIRI
OLAMUSHUK ADIRI
TYANOʻPAN
CHIMYON ADIRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты