QUTADGʻU BILIG

«QUTADGʻU BILIG» («Saodatga yoʻllovchi bilim») — Yusuf Xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069—70 y. larda yaratilgan. Muallifning asar muqaddimasida xabar beri-shicha, bu kitob oʻz davridayoq keng tarqalib, mashhur boʻlgan. Chin (Shimoliy xitoy)liklar uni «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochin (Janubiy xitoy)liklar «Oyin ul-mamlakat» («Hukmdorlik qonun-qoidalari»), Sharqiy xitoyliklar Z«iynat ulumaro» («Hukmdorlar ziynati»), eronliklar «Shohnoma»i turkiy («Turkiy «Shohnoma»), baʼzilar «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar pandnomasi»), turonliklar esa «Qutadgʻu bilig» deb ataganlar.

«Qutadgʻu bilig6.» dostonini yaratar ekan, muallif oʻz oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavgʻachxon bilan Eloqxonlar oʻrtasidagi ixti-loflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, maʼrifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targʻib qilish kabi maqsadlarni qoʻygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib oʻz davrining yirik maʼrifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi.

«Qutadgʻu bilig6.» markaziga 4 masala qoʻyilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi — adolat boʻlib, u pod-shoh Kuntugʻdi timsolida, ikkinchisi — davlat boʻlib, vazir Oytoʻldi, uchinchisi — aql boʻlib, vazirning oʻgʻli Ugdilmish, toʻrtinchisi — qanoat boʻlib, uning qarindoshi Oʻzgʻur-mish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qoʻyilgan masalalar voqealar rivoji, qahramonlarning oʻzaro suhbati, bahsmunozarasi, savol-javoblari, pandnasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha — jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida oʻz mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga toʻxtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin boʻlmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yoʻq, bilim tufayli osmon sari ham yoʻl ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan oʻrganish lo-zim, deb uqtiradi.

«Qutadgʻu bilig6.» qoraxoniylar hokimiyatining oʻziga xos nazmiy nizomnomasi boʻlib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari boʻlmish hukmdorlar va katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, bilʼaks, xalqning ogʻirini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning maʼnaviyaxloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-maʼrifatga keng eʼtibor berish, isteʼdod sohiblarini qoʻllab-quvvatlash, huquq, burch, adolat boʻyicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Hukmdorlar adabnomasi — «Qutadgʻu bilig6.» qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga koʻtarilgan davrda zamon kun tartibiga qoʻygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur boʻlgan. Shoirning u yoki bu masala boʻyicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga oʻxshab ketadi — ularning badiiy yuksakligi va maʼrifiy ahamiyati ham shunda.

Asar muallifining soʻnggi tahriridan oʻtgan va Tavgʻach Bugʻroxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 mis-ra) va sheʼriy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat. Jami 6520 bayt.

«Qutadgʻu bilig»ning 3 qoʻlyozma nusxasi fanga maʼlum: ulardan biri uygʻur yozuvida koʻchirilgan boʻlib (1439, Hirot), Vena Saroy kutubxonasida saqlanadi; arab yozuvida koʻchirilgan 2 nusxadan biri Qohirada (1896-y. shu yerda topilgan), ikkinchisi (1913-y. Namangandan topilgan va 1925-y. Fitrat tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan) Toshkentda, OʻzFA Sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda. Asarning ilk nashri H. Vamberi tomonidan amalga oshirilgan (1870). Shundan keyin bu asar V. Radlov (1890; 1910), S. Ye. Malov (1929; 1951), R. R. Arat (1942; 1943; 1947; 1959), Q. Karimov (1971), B. Toʻxliyev (1989), uygʻur olimlari (1984) tomonidan nashr etildi. Asar ingliz, nemis, fransuz, rus, chex, turk, uygʻur, xitoy va b. tillarga tarjima qilingan. Uni J. Amade, A. Fitrat, R. Arat, Ye. E. Bertels, H. Vamberi, V. Radlov, S. Malov, A. N. Kono-nov, S. N. Ivanov, D. Nasilov, A. Va-litova, Gʻ. Abdurahmonov, Q. Karimov, B. Toʻxliyev, Qutadgʻu bilig Sodiqov va b. chet el va oʻzbek olimlari oʻrganganlar.

Ad.:Mallayev N., Oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1976; Oʻlmas obidalar, T., 1989; Toʻxliyev B., Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig» asari, T., 1991; Buyuk siymolar, allomalar, 1-kitob, T., 1995,Homidiy H., Koʻhna Sharq dargʻalari, T., 1999: Qayumov A., Isʼhoqov M., Otaxoʻjayev A., Sodiqov Qutadgʻu bilig, Qadimgi yozma yodgorliklar, T., 2000.

Ergash Ochilov.


Lotin alifbosida maqola: QUTADGʻU BILIG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
O'rta Osiyoning qadimgi tarixining Xitoy manbalarida yoritilishi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты