SAVMAK QOʻZGʻOLONI

SAVMAK QOʻZGʻOLONI — Bospor podsholigida Savmak rahbarligida skiflar koʻtargan qoʻzgʻolon. Savmak qoʻzgʻoloniga Bospor podshosi Perisad V bilan Pont lashkarboshisi Diofant oʻrtasida Bospor podsholigini Mitridat VI (Pont podshosi)ga topshirish toʻgʻrisidagi shartnoma sabab boʻlgan. Koʻzgʻolon paytida Bospor skiflarining yoʻlboshchisi Savmak podsho Perisad V ni oʻldirgan. Diofant esa Xersonesga qochgan (taxm. maʼlumotlarga koʻra, aslida Savmak qul boʻlgan, Perisad V saroyida ulgʻaygan). Qoʻzgʻolonchilar Bosporning butun Yevropa qismini egallaganlar. Qoʻzgʻolonda qaram dehqonlar, hunarmandlar va qullardan iborat skif xalqi qatnashgan. Bospor davlatining yirik quldorlari hukmronlikni saqlab qolish uchun hokimiyatni Mitridat VI ga topshirish bilan mustabid rejimni oʻrnatmoqchi boʻlganlar. Ularning bu rejasini amalga oshirishga Savmak qoʻzgʻoloni toʻsqinlik qilgan. Savmak bir yilgacha Bospor podsholigini boshqargan. Mitridat VI Sinopga Diofantning katta jazo ekspeditsiyasini yuborgan. Qrimda unga Xersones otryadlari qoʻshilgan. Diofant qoʻshinlari Feodosiyani ishgʻol qilib, Kerch ya. o. dan oʻtib, Pantikapeyni bosib olganlar. Qoʻzgʻolon bostirilgan, Savmak asir olinib, Sinopga yuborilgan. Bospor davlati esa Mitridat VI qoʻl ostiga oʻtgan.


Lotin alifbosida maqola: SAVMAK QOʻZGʻOLONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты