REZINA, rezinka [lot. resina — qatron (smola)], vulkan izat — kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot. Vulkanizatsiyalanadigan Rezina aralashmasining asosiy komponentlari: tabiiy yoki sintetik kauchuk, vulkanizatsiyalanuvchi agentlar, vulkanizatsiya tezlatkichlari, vulkanizatsiya tezlatkichlari faollashtiruvchilari, toʻldirgichlar, dispergatorlar, yumshatkichlar, eskirtmaydigan, charchamaydigan moddalar, antiozonatlar, boʻyagichlar va b.
Rezina quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi:umumiy maqsadlarda ishlatiladigan R. Bunday Rezina (shina, oyoq kiyimi, pol qoplamalari, transportyor tasmalari, qayish, qistirma, zichlagich, amortizator, maishiy buyumlar va h. k.) —50 dan +150 gacha trada ishlatishga moʻljallangan; 150° dan yuqori trada uzoq vaqt ishlatishga (mashina, elektr dvigatel, samolyot detallariga moʻljallangan) issiqqa chidamli Rezina ; — 50° dan past trada ishlatishga moʻljallangan sovuqqa chidamli Rezina, benzin, kerosin, neft, moy, turli uglevodorodlar uchun uzok, vaqt ishlatishga moʻljallangan (shlang, zichlagich, turli idishlar va h. k.) moybenzinga chidamli Rezina ; turli yemiruvchi muhitlar taʼsiriga chidamli R. Bunday Rezinadan ishlangan buyumlar kislota, ishqor, tuzlar, bugʻ, ozon, erituvchilar, suv va h. k. uchun moʻljallanadi; gaz toʻldirilgan (gʻovak) Rezina radiatsiya taʼsiriga chidamli Rezina rentgen apparati detallari, radioaktiv izotoplar bilan ishlaydiganlarning himoya kiyimlarini tayyorlashda qoʻllanadi; dielektrik Rezinaning dielektrikligi kichik, elektr qarshiligi katta, asosan, turli kabellar tayyorlashda ishlatiladi. Rezinaning xossasini belgilovchi asosiy material kauchukdir. Kauchuk R. ning 10—98% ini tashkil etadi. 150—180° da ishlatiladigan buyumlar butil kauchukli yoki etilen sopolimerli Rezinadan tayyorlanadi. Bunday Rezina ozonga va yemiruvchi muhit taʼsiriga chidamlidir. Molekulalararo taʼsirlashish kuchi kichik, molekulyar zanjirchasi egiluvchan kauchuklardan sovuqqa chidamli Rezina ishlanadi. 300° va undan yuqori trali ishlarda elementorganik kauchuklar (kremniy organik va alyuminiy organik) asosida tayyorlangan Rezina qoʻllanadi. Mineral toʻldirgichli Rezina yaxshi dielektrik hisoblanadi. Kauchukka atsetilen tipidagi yuqori strukturali qurum qoʻshib elektr oʻtkazuvchi Rezina hosil qilish mumkin. Nurdan saklovchi Rezina olish uchun koʻpincha ftorli va butadiyennitrilli kauchuklar ishlatiladi.
Kauchuklarni vulkanizatsiyalash maqsadida oltingugurt, organik peroksidlar (Mas, benzoil peroksid, dikumal peroksid), apkilfenolformaldegid va epoksid smolalari, diazobirikmalar, diaminlar va b. bifunksional birikmalar ishlatiladi. Radiatsion vulkanizatsiya xam qoʻllanmokda. Vulkanizatsiyani tezlashtirish maqsadida Rezina tarkibiga maxsus tezlatkichlar va ularning faollashtiruvchilari qoʻshiladi. Oltingugurt b-n vulkanizatsiyalashda tezlatkich sifatida sulfenamidlar, diokarbamidlar, tchuramdisulfid merkaptobenzotiazol, difenilguanidin kabi birikmalardan foydalaniladi. Qurum, kolloid silikat kislota, boʻr, kaolin, metall oksidlari, silikatlar, baritlar Rezina toʻldirgichlar sifatida koʻplab ishlatiladi. Toʻldirgichlar Rezinaning bikirligini oshiradi.
Dunyo miqyosida ishlab chikariladigan sintetik kauchuklar va ular asosidagi Rezinaning 50% dan ortigʻi shina i. ch. ga sarflanadi. Rezina keng t-ra oraligʻida elastikligi, amortizatsiya xususiyati, ishqalanishga chidamliligi, suv va gazni kam oʻtkazishi va b. xossalariga koʻra konstruksion material sifatida turli sohalarda keng qoʻllanadi.
Abdulahad Jalilov.