ROMAN

ROMAN (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. Roman oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa Roman janri mundarijasining uziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs takdirining oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit b-n uzaro uzviy aloqada tasvirlanishi Roman janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. Roman janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha, inson uz takdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat Roman janrining mundarijasini — syujet chiziklarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi Romanning epik janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, Romanning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi. Roman oʻz tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik Roman navislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol R. ning avvalboshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr boʻlganidan shahodat beradi.

Mavzu, hajm, syujetning murakkablik darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir usullarida muayyan farq boʻlishiga qaramay, Roman janrida baʼzi bir badiiyat unsurlarining (intriga, konflikt, yechim kabi) boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga Roman navislar bu unsurlarga, shuningdek, badiiy tasvirning boshqa shakl va vositalariga erkin munosabatda boʻlishlari mumkin. Romanlar oʻz tarixining dastlabki davrida tuzilishiga koʻra 2 guruhga — «ochiq» va «yopiq» R. larga ajralgan. «Ochiq» tuzilmali Romanning yorqin namunasi M. Servantesning «Don Kixot» i boʻlib, unda jamiyat hayotining xilmaxil tomonlari bilan birga bosh qaxramon ishtiroki xarakterining tadrijiy oʻsishi xam mufassal tasvirlangan, bosh qahramon ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa koʻplab personajlar jalb etilgan. «Yopiq» tuzilmali Roman larning dastlabki namunalaridan biri M. M. de Lafayetning «Malika Klevskaya» asaridir. Bu asarda yozuvchi eʼtibori faqat bir qaxramon hayoti, bir konflikt va bir vaziyat tasviriga qaratilgan. Keyinchalik, Roman janri ichki shoxobchalarga boʻlingan paytda psixologik Roman janri ana shu «yopiq» R. dan oʻsib chiqqan.

Roman antik adabiyotda paydo boʻlganida, yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi miflarning anʼanaviy syujetlaridan foydalanib, ularga emotsional olam manzaralarini olib kirganlar. Kahramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qolgan. Ammo Longning «Dafnis va Xloya» ishqiybukolika Roman ida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixologik Romanning mumtoz namunasi hisoblanib kelgan.

Roman janri ana shu tarzda davrmadavr boyib, badiiy tuzilmasi oʻzgarib bordi. Oʻrta asrlarda romantik tasvir usulining yetakchilik qilishi natijasida ritsar Roman lari («Tristan va Izolda rivoyati»), Uygʻonish davrida kichik hikoyalardan iborat Romanlar (J. Bokkachchoning «Dekameron»i), romanlashgan qissa (M. Boyardo, L. Ariosto, T. Tasso) va dramalar (V. Shekspir) maydonga keldi. Ana shu tarzda Roman tabiatida kechayotgan oʻzgarishlar insonparvarlik gʻoyalari ustuvorlik qilgan Maʼrifatparvarlik davrida muayyan darajada oʻz yakuniga erishdi. A. F. Prevonpng «Manon Lesko» R. i bilan adabiyotga «oʻrta» xarakter deb yuritilgan qahramonlar obrazi kirib keldi va shu davr R. larida ruhiyat tasviri keng oʻrin egalladi.

19-a. dan boshlab jahon adabiyotida realistik Roman janri shakllana boshladi. G. Stendal, O. Balzak, G. Flober va b. yozuvchilarning badiiy izlanishlari bilan Roman janrining syujet doirasi kengaydi, koʻp planlilik, epik kulam va syujetning shiddatli harakati janrning muhim shartlari sifatida qabul qilindi. 19-a. ning soʻnggi choragida naturalizmning avj olishi natijasida Roman tabiatida turgʻunlik, hatto tanazzul holati koʻzga tashlandi. Ammo 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida J. Golsuorsi, G. Mann, T. Mann va J. London realistik asarlarining yaratilishi bilan Roman janri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga erishdi. Rus adabiyotida «Yevgeniy Onegin» (A. S. Pushkin) sheʼriy romanining yaratilishi rus Roman navisligining shakllanishiga muxim turtki berdi. N. V. Gogol, I. V. Turgenev, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy R. larining maydonga kelishi bilan realistik rus Roman navislik maktabi vujudga keldi.

Oʻzbek adabiyotida Roman janrining paydo boʻlishiga Navoiy «Xamsa»sini tashkil etgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» singari dostonlar, xalq kitoblari va dostonlari muhim manba boʻlib xizmat qildi. Milliy uygʻonish adabiyoti namoyandalari dastlabki oʻzbek Roman larini yaratishga kirishganlarida mazkur milliy adabiy tajriba va anʼanalardan samarali foydalandilar. Hamzaning «Yangi saodat yoxud Milliy roman»i (1914), Mirmuhsin Shermuhamedovning «Befarzand Ochildiboy» (1915) asarlari dastlabki oʻzbek Roman larini yaratish yoʻlidagi izlanishlar edi. Kodiriyning «Oʻtgan kunlar» (1926) asarining yaratilishi bilan oʻzbek realistik Romani vujudga keldi. Qodiriy bu asari bilan milliy oʻzbek Roman navislik maktabiga asos soldi. Ayni paytda bu asar katta badiiy polotnolarni yaratishga qodir yangi oʻzbek adabiy tilining shakllanganini ham namoyish etdi. Keyinchalik Kodiriy «Mehrobdan chayon» (1928), Ayniy «Qullar» (1934), Choʻlpon «Kecha va kunduz», Abdulla Qahhor «Sarob» (1935), Oybek «Kutlugʻ qon» (1939) va «Navoiy» (1944) asarlari bilan oʻzbek Roman navislik maktabining yuksalishiga katta hissa qoʻshdilar. Ustoz adiblarning ijodiy izlanishlari tufayli shakllangan oʻzbek Roman navislik maktabi keyinchalik A. Muxtor, Shuhrat, Mirmuhsin, H. Gʻulom, Sh. Rashidov, S. Ahmad, Shukrullo, M. Ismoiliy, O. Yoqubov, P. Qodirov, Oʻ. Hoshimov, T. Malik, O. Muxtor va b. yozuvchilarning turli mavzuda yozgan asarlari bilan boyidi. Oʻzbek Roman navisligida Roman janrining turli kurinishlari (tarixiy, tarixiybiografik, tarixiyinqilobiy, publitsistik, harbiy, sarguzasht, fantastik Romanlar, shuningdek, Roman xronika, Roman novella, Roman munozara) va shakllari (dilogiya, trilogiya) paydo buldi.

Sovet davrida yaratilgan ayrim Roman larda shu davrning oʻtkinchi gʻoyalari olgʻa surilgan va voqelik sotsialistik realizm talablari asosida buyab, xaspushlab koʻrsatilgan. Shunga qaramay, oʻzbek Romani xuddi shu davrda milliy adabiyotning yetakchi janrlaridan biri sifatida paydo bulib, uzining yuksak namunalarini berdi.

Mustaqillik yillarida Oʻ. Hoshimov, Sh. Xolmirzayev, T. Malik, H. Shayxov, O. Muxtor, Muhammad Ali, U. Nazarov, Togʻay Murod va b. yozuvchilar oʻzbek Roman navisligini oʻzlarining turli mavzu va janr koʻrinishlaridagi asarlari bilan boyitmokdalar.

Ad.: Kojinov V. V., Proisxojdeniye romana, M., 1963; Dneprov V., Chertы romana XX veka, M., 1965; Mirvaliyev S, Oʻzbek romani, T., 1969; Baxtin M., Epos i roman, M., 1970; Sudbы romana, M., 1975; Pardaye va 3., Oʻzbek romani poetikasi, T., 2003.

Naim Karimov.


Lotin alifbosida maqola: ROMAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ALISHER NAVOIY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Buxorodagi milliy-madaniy markazlar faoliyati


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты