SOPOL

SOPOL — maxsus loy (tuproq, suv, qisman qum va toʻzgʻoq aralashmasi)dan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan magʻsulot; kulollik buyumlari. Loy 2 xil usulda — koʻlda hamda kulollik charxi yordamida shaklga solib yasaladi, soʻng gulxan (xumdon)da qizdirib Sopol tayyorlanadi. Roʻzgʻorda (piyola, kosa, lagan, koʻza, oftoba, xum va b.), meʼmorlik (koshin, sopolak, parchin va b.) hamda sanoat (utga chidamli qoliplar va b.)da Sopol buyumlari keng qoʻllanadi; bolalar oʻyinchoqlari, ayrim bezak buyumlari (haykalcha, yirik haykallar) xam shu usulda tayyorlanadi. Foydalaniladigan loy tarkibiga qarab Sopolning rangi turlicha (och sariq, qizgʻish, kulrang va b.) boʻladi. Angob (loya)ga chayib olingan Sopol soyada quritilib, yana xumdonda pishiriladi. Sta bezak ishlash ham turlicha: boʻrtma, oʻyma naqshlar uning hoʻlligida, qirma gullar Sopol angobga chayib olingandan soʻng ishlanadi; xumdonga bir bor kirib chiqqan buyumlar gullar ishlangandan keyin yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Sopol buyumlar 2 xil — sirlangan Sopol hamda sirlanmagan Sopol (terrakota)ga boʻlinadi. Sopol neolit davridan maʼlum boʻlib, sirlanmagan Sopol kadimiydir. Sirlangan Sopol buyumlar ishlab chiqarish. Oʻrta Osiyoda 10—12-a. lardan yuksak taraqqiy etdi. Oʻzbekiston hududida Sopol buyumlar ishlab chiqarish. keng yoʻlga qoʻyilgan; S. buyumlarni bezatilishi jihatidan birbiridan farqlanuvchi kulollik maktablari shakllangan (yana q. Keramika).


Lotin alifbosida maqola: SOPOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
AMALIY SANʼAT
TOSHKENT
HAYKALTAROSHLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты