SHIZOGONIYA

SHIZOGONIYA (yun. ajrataman, parchalayman, tugʻilish, avlod) — bir hujayrali hayvonlar (sporalar, foraminiferalar) da va baʼzi suvoʻtlar uchun xos jinssiz, birdaniga koʻp marta boʻlinib koʻpayish usuli. Shizogoniyada ona hujayra (shizont) yadrosi dastlab juda tez, ketmaket bir necha boʻlaklarga boʻlinadi, soʻngra har bir yadro boʻlagi sitoplazma bilan oʻraladi. Shu tarzda bitta ona hujayradan juda koʻp qizlik hujayralar (merozoidlar) hosil boʻladi. Hujayralar bir necha marta jinssiz usulda koʻpayganidan keyin ularning ayrimlari jinsiy usul bilan koʻpayishga oʻtadi. Bunda dastlab gametotsitlar, keyin gametalar hosil boʻladi. Bezgak parazitlari, koksidiyalar, toksoplazmalar, sarkodalilardyan foraminiferalar dastlab Shizogoniya, soʻngra gametalar hosil qilib jinsiy (gametogoniya) usulda koʻpayadi.


Lotin alifbosida maqola: SHIZOGONIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: SH harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
HUJAYRA
JINSSIZ KOʻPAYISH
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты