SPERMATOGENEZ

SPERMATOGENEZ (sperma va … genez) — hayvonlarda va koʻpchilik oʻsimliklarda dastlabki diploid jinsiy hujayralarni ixtisoslashgan erkaklik hujayralari — spermatozoidlar yoki spermiylarga aylanishi. Rivojlanayotgan jinsiy qujayralar oʻzaro sinsitial bogʻlangan. Spermatogenez koʻpayish, oʻsish, yetilish va spermatozoidlar shakllanishi davrlaridan iborat. Koʻpayish davrida diploid hujayralar — spermatogoniyalar bir necha marta mitoz boʻlinadi va oxirgi interfazada DNK replikatsiyalanadi. 2davrda ular oʻsib, 1tartib spermatotsitlarga aylanadi. 3davrda 2-marta boʻlinib yetilish, yaʼni meyoz sodir boʻladi. 1boʻlinishda har bir spermatotsitdan 2 tadan 2tartib spermatotsitlar; 2boʻlinishda 4 ta bir xil kattalikdagi spermatidlar hosil boʻladi; xromosomalar soni 2 baravar kamayadi. Spermatidlar Spermatogenezning 4davriga oʻtib, spermatozoidlarga aylanadi. Bu davrda ularning akrosomasi, xivchini va qoʻshimcha yadrosi hosil boʻladi; sitoplazmaning koʻp qismi ribosomalar, Golji kompleksi va endoplazmatik toʻr bilan birga chiqib ketadi. Spermatidlar ichidagi bunday oʻzgarishlar telokinetik harakatlanish deyiladi. Spermatogenez 3 kundan (boʻshliqichlilarda) 20 kungacha (odamda) davom etadi. Spermatogenez koʻpchilik hayvonlarda urugʻ yoʻlida, germafrodit hayvonlarda esa germafrodit gonadada, gʻovaktanlilarda mezogleyda roʻy beradi. Oʻsimliklarda spermatozoidlar anteridiyalarda hosil boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: SPERMATOGENEZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MEYOZ
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
MITOZ
GOLJI KOMPLEKSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты