SUD MUHOKAMASI

SUD MUHOKAMASI (OʻzRda) sud majlislarida muayyan ishlarni koʻrish va hal qilish. Sud muhokamasini sud majlisida raislik qiluvchi tashkil qiladi, unda koʻriladigan masala doirasini belgilaydi, ishtirok etuvchilarni taklif etadi, ularga xuquq va majburiyatlarini tushuntiradi va taʼminlaydi, daʼvogar, javobgar, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va b. ning talablari, eʼtirozlari, fikrmulohazalari eʼtiborga olinishini va dalillarning tekshirilishini taʼminlaydi. Sm. baʼzan yshni boshqa sudga yoki huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariga, jamoat birlashmalariga yuborish bilan ham tugallanadi. Sud muhokamasi xolisona, sinchkovlik bilan, muhokama qatnashchilarining erkin faolligi va tashabbuskorligi ruhida oʻtkazilishi lozim. Sud muhokamasi oʻtkazish tartibi protsessual qonunlarda batafsil bayon etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi FPK, 162— 202 moddalar; Oʻzbekiston Respublikasi XPK, 125—134moddalar; Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 406—427moddalar).


Lotin alifbosida maqola: SUD MUHOKAMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты