SEZAR Gay Yuliy (mil. av. 102 yoki 100—44) Rim diktatori (49, 48 — 46, 45; 44 y. dan umrbod), sarkarda, yozuvchi. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida boʻlgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompei va Krase bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). Konsul (59), soʻngra Galliya noibi; 58 — 51 y. larda butun Alp orti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krase vafotidan keyin 48 y. armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompei va uning tarafdorlarini 49 — 45 y. larda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. Uz qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va b.) jamlab, amalda rasmiy monarx boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻddirilgan. «Galliya urushi haqida xotiralar» va «Grajdanlar urushi haqida xotiralar» asarlari muallifi; kalendarni isloh qilgan (Yuliy kalendari).