SENTRIFUGA

SENTRIFUGA (rus. sentr — markaz va lot. fuga — qochish) — bir jinsli boʻlmagan birikmalar — suspenziyalar, emulsiyalar, shlamlar (kukunsimon togʻ jinslari) va b. ni markazdan qochma kuch taʼsirida tarkibiy qismlarga ajratuvchi apparat. Asosiy qismi oʻz oʻqi atrofida katta tezlikda aylanib turuvchi rotor (baraban) hisoblanadi. Ish prinsipiga koʻra, Sentrifuga tindiruvchi va suzuvchi (filtrlovchi) turlarga boʻlinadi. Tindiruvchi Sentrifuga suyultirilgan suspenziyalardagi suyuq fazani tindirish va konsentratsiyalangan suspenziyalardagi qattiq fazani choʻktirish uchun ishlatiladi. Suzuvchi Sentrifuga tarkibida suyuq fazasi kam boʻlgan suspenziyalar va shlamlardan qattiq fazani suzib (ajratib) olish uchun ishlatiladi. Tuzilishiga koʻra, Sentrifuganing yaxlit rotorli va teshik-teshik (perforatsiyalangan) rotorli turlari boʻladi. Keyingisiga suzuvchi material krplanadi. Sentrifuga yana uzluksiz ishlay-digan va davriy ishlaydigan xillarga ham boʻlinadi. Yuqori dispersli sistemalar va yuqori molekulyar birikmalar (mas, oqsillar) ni tadqiq qilishda ultratsentrifugalash apparatlaridan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: SENTRIFUGA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
Buxorodagi milliy-madaniy markazlar faoliyati
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты