SENTROMERA (lot. centrum, kentro va meros — boʻlak, qism) , kinetoxor — mitoz yoki meyoz boʻlinishda xromosomalarning qutblarga siljishini taʼminlovchi qismi. Sentromeraga boʻlinish duki ipchalari (mikronaychalar) birikadi. Xromosomalar S. ning joylashgan oʻrni bilan bir-biridan farq qiladi; bundan xromosomalarni tasnif qilishda foydalaniladi (q. Xromosomalar). Sentromeraning joylashishiga qarab yelkalar (telomerlar) uzunligi oʻzgaradi. Sentromeraning joylashgan oʻrniga koʻra xromosomalar akrotsentrik, metatsentrik, submetatsentrik boʻladi. Sentromera joyining oʻzgarishidan xromosoma mutatsiyalarini aniqlashda foydalaniladi.