SIOLKOVSKIY Konstantin Eduardovich

SIOLKOVSKIY Konstantin Eduardovich [1857.5(17).9, Ryazan viloyati — 1935.19.9, Kaluga] — aviatsiya, aerodinamika va raketalar dinamikasi sohasidagi rus olimi va ixtirochisi; bolaligida ogʻir kasallikdan keyin kar boʻlib qolib, oʻqishni davom ettirolmagan. 1879-y. da oʻqituvchilik unvoniga imtihon topshirgan. Borovsk (Kaluga gubernyasi) dagi uyezd bilim yurtida mat. va geometriyadan dars bergan (1880 — 98). 1880-81 y. larda bu sohadagi mavjud ixtirolardan bexabar «Gazlar nazariyasi» ilmiy ishini yozib, unda gazlar kinetik nazariyasi asoslarini tavsifladi. 1897-y. da Rossiyada birinchi aerodinamik truba qurgan. Keyinroq dunyoda birinchi boʻlib raketa nazariyasiga va suyuq yonilgʻili raketa dvigateli nazariyasiga asos solgan. Ilmiy ishlari 3 muammoga: metall aerostat (dirijabl)ni ilmiy asoslash (1885 — 92), aeroplanning suyriligi (1894-y. da eʼlon qilingan), sayyoralararo raketalar (1896-y. dan) ga bagʻishlangan. Uchishda reaktiv harakatdan foydalanish gʻoyasi birinchi marta Siolkovskiy tomonidan 1883-y. da bayon etilgan. Siolkovskiy 1903-y. da «Reaktiv asboblar bilan fazoni tadqiq etish» asarida birinchi boʻlib raketa harakati fazoda va tortishish maydonida oʻzgaruvchan massali jism harakatiga oʻxshashligini, sayyoralararo aloqada raketalardan foydalanish mumkinligini asoslab berdi. 1929-y. da «Kosmik raketa poyezdlari» asarida bosqichli raketa harakati nazariyasini yaratdi. Yerga sunʼiy yoʻddosh boʻladigan raketa masalasi bilan birinchi boʻlib shugʻullandi, Yerdan tashqarida st-yalar qurish fikrini ilgari surdi. Oydagi kraterga Siolkovskiy nomi berilgan.


Lotin alifbosida maqola: SIOLKOVSKIY Konstantin Eduardovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
AVIATSIYA
AVIATSIYA DVIGATELI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты