TELEGRAF APPARATI

TELEGRAF APPARATI — telegraf aloqa oʻrnatishda elektr qurilma signallarini uzatish va qabul qilish uchun moʻljallangan qurilma. Birinchi elektromagnit Telegraf apparati rus olimi P. L. Shilling tomonidan ixtiro qilingan (1832) va amalda ishlatilgan. Dastlabki elektromagnit apparatlarda xabarlar siniq chiziklar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqtachiziqlar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqta va tirelar orqali (q. Morze apparati) uzatilgan va yozib olingan. 20-a. oʻrtalarigacha elektromexanik Telegraf apparati ishlatilgan, 70y. lardan boshlab elektronmexanik Telegraf apparatidan foydalanildi, keyinchalik toʻliq elektron T. a. va fototelegraf apparat (faksimil apparat) paydo boʻldi.

Telegraf apparati uzatkich, qabul qilgich va tok manbaidan iborat. Telegraf apparatiga xabarlarni avtomatik uzatish va qabul qilish qurilmalari ham oʻrnatish mumkin. Qoʻzgʻalmas yassi tasvirlar (matn yoki jadval, sxema, grafika, fotosurat va b.) faksimil apparat orqali uzatiladi (q. Faksimil aloka).


Lotin alifbosida maqola: TELEGRAF APPARATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TELEGRAF ALOQA
FAKSIMIL ALOQA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
FOTOTELEGRAF APPARATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты