UZUN HASAN

UZUN HASAN, asl ismi Hasanbek (taxm. 1423—1478.5.1) — Oq qoʻyunli davlati hukmdori (1453-y. dan), sarkarda. Krrakoʻyunli davlatini tormor keltirib (1467), Tabriz sh. ni poytaxt qilgan (1468-y. dan). Koʻchmanchi turk zodagonlari separatizmiga qarshi kurash olib borgan. Uning davrida koʻpriklar, bozorlar, madrasalar, sugʻorish kanallari bunyod etilgan. Mulkchilik munosabatlari uchun Uzun Hasandan keyin ham norma boʻlib qolgan «Qonunnoma» chiqargan. Usmonli turk imperiyasiga qarshi kurash olib borgan. Bunda u Venetsiya bilan ittifoq tuzgan (1463); Vengriya, Polsha va b. Yevropa davlatlari bilan ittifoq boʻlish haqida muzokaralar olib borgan. Shirvonshohlar bilan birgalikda temuriy Abu Saydak magʻlubiyatga uchratgan (1469). 1473-y. U. H. dastlab turk sultoni Mehmed II ni yenggan, biroq keyinchalik u tomonidan tormor keltirilgan. Uning saroyida boʻlgan venetsiyalik elchilar Katarino Zeno, Iosafat Barbaro, Ambrodjo Kontarinilar Uzun Hasan davrvdagi Oq qoʻyunlilar davlati haqida qimmatli yozma maʼlumotlar qoldirishgan.


Lotin alifbosida maqola: UZUN HASAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VENGRIYA
USMONLI TURK IMPERIYASI
TEMURIYLAR
XITOY
POLSHA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты