TIRATRON

TIRATRON [yun. tryra — eshik, kirish va (elek)trongʻ — anod va katoddan tashkari bir yoki bir necha boshqarish toʻri boʻlgan uch elektrodli ion asbob. Sovuq katodli (tutovchi razryadli) va choʻglanma katodli (yey razryadli) boʻladi. Tiratron inert gazlar, simob bugʻlari yoki vodorod toʻldirilgan germetik (havo kirmaydigan) ballon. Toʻrda kuchlanish muayyan qiymatga yetganda yey razryad vujudga keladi. Razryad hosil boʻlishi paytida toʻrning potensial ishorasiga (katodga nisbatan) qarab, Tiratronlar manfiy va musbat ishga tushirish xarakteristikali xillarga boʻlinadi. Manfiy xarakteristikali (toʻgʻrilagichli, releli, relaksion va b.) T. da anodning elektr maydoni katodga toʻr orqali oʻtib keladi. Bular boshqariladigan ventil sifatida ishlatiladi. Tiratron kuchli impulsli elektr zanjirlarida (kommutator sifatida), axborotlarni aks ettirish qurilmalarida (indikator sifatida) va b. da qoʻllanadi. Molibden yoki nikel simlardan zich toʻrli qilib yasaladigan Tiratron tasitron deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: TIRATRON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
NIKEL
HAVO
VENTIL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты