TOʻQIMACHILIK SANOATI

TOʻQIMACHILIK SANOATI — turli xildagi oʻsimlik tolalari, jun va sunʼiy sintetik tolalardan turli gazlamalar, ip va b. maxsulotlar ishlab chiqaruvchi yengil sanoat tarmogʻi. Toʻqimachilik sanoati tarkibiga toʻqimachilik xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, zigʻir, kanop, jut tolasidan gazlama, shoyi, jun gazlama, notoʻqima materiallar, toʻr toʻqish, toʻqimachilikattorlik, trikotaj, kigiznamat bosish sohalari kiradi. Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari kiyimbosh va poyabzal i. ch. da, shuningdek, mebel, mashinasozlik sanoati va b. da ishlatiladi. Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati yengil sanoatning yetakchi tarmogʻini tashkil etadi.

Toʻqimachilik buyumlari i. ch. qadim zamonlarda paydo boʻlgan. Gʻoʻza ekish, qoʻlda ip tayyorlash va gazlama toʻqish Hindiston, Xitoy, Misr va Oʻrta Osiyoda mil. dan bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgan. Toʻqimachilik sanoati mashinalashgan i. ch. ga birinchi boʻlib oʻtgan sanoat tarmogidir. Yevropada 18-a. ning 2yarmidagi sanoat toʻntarishi shu tarmoqdan boshlangan.

Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati uzoqtarixga ega. Oʻrta ayerlarda mahalliy hunarmandlar tayyorlagan atlas, beqasam, baxmal, banoras, zandanachi, olacha kabi mahsulotlar uzoq mamlakatlarda mashhur boʻlgan, Buyuk ipak yoʻli orqali Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqarilgan. Lekin mayda tarqoq hunarmandchilikni birlashtirib sanoat asosini yaratish va gazlamalar i. ch. esa faqat 20-a. ning 20-y. laridan boshlandi.

1926-y. da Fargʻona toʻqimachilik fkasining 1navbati ishga tushirildi (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi), 1932-y. ga kelib uning 2 va 3navbatlari ham qurildi (19900 urchuq, 906 toʻquv dastgohi). 1930-y. da Samarkand shoyi toʻqish fkasi ishlay boshladi. 1932-y. dan Toshkent toʻqimachilik ktini qurish boshlandi. 1935-y. bu kt gazlama ishlab chiqara boshladi (33630 urchuq, 1152 dastgoh).

Toʻqimachilik sanoati mashinalari, dastgohdari bazasini yaratishda 40-y. larda qurilgan «Toshtekstilmash» zdining hissasi katta boʻldi. Urushgacha boʻlgan yillarda Qoʻqon ip yigiruvpaypoq toʻquv kti, Fargʻona, Toshkent trikotaj buyumlari fkalari, Margʻilon shoyi kti, Samarqand yangi trikotaj fkasi barpo etildi. Urush yillarida (1941 — 45) Toshkentga RostovDon sh. dan trikotaj, Leningraddan ip, Margʻilonga Ijevskdan shoyi toʻqish, Fargʻonaga yigiruvtoʻquv fkasi koʻchirib keltirildi. Natijada Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati oʻsish surʼatlari tezlashdi. 50-y. larda yangi korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish davom etdi. 60-y. lar oʻrtalarida Namangan kastyumbop va shtapel gazlamalar kti qurila boshlandi. Toshkentda «Malika» trikotaj i. ch. kti, Buxoro toʻqimachilik kti (1973 — 76), Namangan notoʻqima materiallar i. ch. birlashmasi (1974), Pop notoʻqima materiallar kti (1977), Andijon ip gazlama ktining 1navbati (1981), Xiva gilam kti qurib ishga tushirildi. 80-y. larda yirik toʻqimachilik korxonalarida bir qancha filiallar ochildi. Shuningdek, Paxtaobod, Chuvama, Qoʻrgʻontepa, Marqamatda hamda Gʻijduvon va Vobkentda fkalar qurilib ishga tushirildi. Filiallarda ham i. ch. texnologik siklining tugal boʻlishiga erishildi.

90-y. larda Oʻzbekiston T. ye. yangi sifat oʻzgarishlari bosqichiga oʻtdi. Respublikaning xorijiy mamlakatlar bn hamkorlik aloqalari tobora kengayib, chet ellik sheriklar bn barpo etilgan qoʻshma korxonalar soni koʻpayib bordi.

Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoati ini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri jahon bozoriga paxta tolasini chiqarish emas, balki jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlama i. ch. ni koʻpaytirishdan iborat strategiya tanlandi. Shu maqsadda AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya Respublikasi va b. mamlakatlar firmalari bn ip gazlama ishlab chiqaradigan yangi qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Korxonalarni chet el ilgʻor toʻqimachilik texnologiyasi bn jihozlash boshlandi. 1993—94 ylarda «Buxoroteks» aksiyadorlik jamiyatiga Shveysariya, Germaniya uskunalari oʻrnatildi. 1994-y. da Turkiyaning «Yazeks» korporatsiyasi bn hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida toʻliq texnologik siklli toʻqimachilik majmui ishga tushirildi.

1995 — 2003-y. larda Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatiga kiritilgan xorij sarmoyalari 519,89 mln. dan ortiqroq AQSH dollarini tashkil etdi, shoʻ jumladan, Jan. Koreyaning «Kabul tekstaylz» kompaniyasi kiritgan investitsiya 186 mln., Turkiyaning «Timi», «Tipash» kompaniyasi 75 mln. (Namangandagi «Kosonsoy—Tikmen» kostyumbop va paltobop gazlamalar, jun choyshab va qoʻlda toʻqiladigan gilamlar uchun yigirilgan ip), «Bursel» firmasi 52,9 mln. (Chinoz toʻqimachilik kti), «Astop» firmasi 40,3 mln («Asnamtekstil»), Yaponiyaning «Marubeni» firmasi 60 mln. («Silk Road», Namangan) AQSH dollaridan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatida eksportbop mahsulotlar i. ch. qajmi tobora oʻsib bormoqda. Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatida 2003-y. da 453,3 mln. m2 gazlama, shu jumladan, 415,2 mln. m2 ip gazlama, 167 mln. juft paypoq, 28,6 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chikarildi.

Chet mamlakatlarda Toʻqimachilik sanoati Hindiston, Xitoy, AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, GFR, Misrda ayniqsa taraqqiy etgan. Rivojlangan mamlakatlar Toʻqimachilik sanoatida birinchi oʻrinni paxta tolasidan ip gazlama i. ch. egallaydi, jun va shoyi gazlamalar i. ch. keyingi oʻrinlarda turadi.

Ad.: Olimboyev E., Davirov Sh., Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi, Toʻqimachilik sanoati, 2002.

Erkin Olimboyev.


Lotin alifbosida maqola: TOʻQIMACHILIK SANOATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IPAKCHILIK SANOATI
HINDISTON
TOSHKENT
ITALIYA
MEBEL SANOATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты