XALQ SOʻZI

«XALQ SOʻZI» («Narodnoye slovo») — ommaviy ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi. 1991-y. 1 yanv. dan chiqa boshlagan. Haftada 5-marta, oʻzbek va rus tillarida chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning organlari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy jarayonlarni xolis va begʻaraz yoritish tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Mustaqillikni avaylab-asrash, mustahkamlashning asosiy sharti — fuqarolarning siyosiy ongini oshirish, bir butun millat, xalq sifatida shakllantirish, Vatanga muhabbat, ajdodlarimizning qahramonona anʼanalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, hurfikrlilik, milliy iftixor, vatanparvarlik, erkinlik va ozodlikni eng ulugʻ neʼmat deb bilish gaz. ning muhim yoʻnalishidir.

Gaz. vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, qoʻshma korxonalar, chet el vakolatxonalari va b. muassasalar bilan kelishuv va shartnomalarga muvofiq faoliyatning turli sohalariga oid axborotlarni, davlat, tijorat tizimlari va xususiy shaxslarning reklama hamda eʼlonlarini bosib chiqaradi. Asosiy ruknlari: «Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari», «Oliy Majlisda», «Parlament nazorati», «Farmon va ijro», «Ogohlik», «Bugunning gapi», «Islohot odimlari», «Sudhuquq islohoti», «Taʼlim va islohot», «Dolzarb mavzu», «Bevosita muloqot», «Kuch — bilim va tafakkurda», «Maʼrifat soati», «Olam nafasi», «Jurnalist surishtiruvi», «Bir xat izidan» va b. Adadi 34000 (2004). Bosh muharriri Abbosxon Usmonov (1997-y. dan).


Lotin alifbosida maqola: XALQ SOʻZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XX asr boshida Turkiston...
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты