YAGANA

YAGANA, yaganalash — ekinlarning qalinligini meʼyordagi zichlikka keltirish uchun siyraklash; qatordagi yoki oʻsimlik uyalaridagi ortiqcha (kasallangan, yaxshi avj olmagan) nihollarni olib tashlash. Oʻsimlikning jadal rivojlanishi va moʻl hosil toʻplashini taʼminlaydigan agrotexnik tadbirlardan biri. Vegetatsiya davrining boshida oʻsimliklarning oʻsib, rivojlanishiga qulay sharoit yaratish va sifatli hosil olish maqsadlarida oʻtkaziladi. Barcha chopiq qilinadigan ekinlar (gʻoʻza, qand lavlagi, don uchun ekilgan makkajoʻxori, sabzi, sholgʻom, kungaboqar va boshqalar) Yagana qilinadi. Yagana kultivatorlar, maxsus Yagana lash mashinalari yordamida yoki qoʻlda bajariladi. Yagana gʻoʻza, qand lavlagi 2 chinbarg chiqarganidan soʻng, sabzavot ekinlarida ildizmeva hosil boʻlayotgan davr boshida oʻtkaziladi. Gʻoʻza qator orasi 60 sm qilib ekilganda har bir metrda 8—9 tup koʻchat qoldirilishi, ildizmevalilarda Yaganadan keyin tup orasi sholgʻomda 5—7 sm, sabzida 3—5 sm boʻlishi kerak; qovoq, qovuntarvuzda har uyada bir tupdan (Ya. chopiq paytida bir yoʻla oʻtkaziladi) nihol qoldiriladi. Yagana kechikib oʻtkazilsa, tuproqdan oziq moddalar koʻp yoʻqotiladi va tuproq nami kamayib, oʻsimliklar bir-birini siqib qoʻyadi, ildizlari chalkashib oʻsishi sekinlashadi, hosildorlik pasayadi, baʼzan ekinlar nobud boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: YAGANA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALMASHLAB EKISH
MADANIY OʻSIMLIKLARNING KELIB CHIQISH MARKAZLARI
XITOY
LAVLAGI
KULTIVATOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты