YANGI SHARQ

«YANGI SHARQ» — ijtimoiy-siyosiy, adabiy, rasmiy gazeta. 1919 yil 1-iyuldan 1921-yilning boshlarigacha Fargona shahrida chop etilgan. Dastlab haftada 2-marta, 1919-yil sentyabrdan 1-marta chiqqan. Noshiri — dastlab Fargʻona viloyat muzofot milliy ishlar mudiriyati, soʻngra viloyat musulmonlar byurosi. Gaz. Choʻlponning «Yangi Sharq» sheʼri bilan ochilgan. «Yangi Sharq»da jamiyat hayotidagi oʻzgarishlar, fuqarolar urushi, maorif, til va adabiyot, madaniy hayotga oid maqolalar, sheʼrlar eʼlon qilingan. Choʻlpon, Nazir Toʻraqulov, T. QoriNiyoziy, Laziz Azizzoda, Abdulla Begiy, Hodi Fayziy va boshqalar ijodkorlarning sheʼr va maqolalari bosilgan. Gaz. ga Hodi Fayziy, Nazir Toʻraqulov va boshqalar muharrirlik qilganlar. Jami 100 soni chiqqan.


Lotin alifbosida maqola: YANGI SHARQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...
CHOʻLPON
Buxorodagi milliy-madaniy markazlar faoliyati
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты