XIVCHINLILAR

XIVCHINLILAR (Mastigophora) sarkomastigoforalar tipiga mansub bir hujayrali hayvonlar sinfi (boshqa sistemaga koʻra kenja tip). 2 kenja sinf — oʻsimliksimon X. va hayvonsimon Xivchinlilarga ajratiladi. Oʻsimliksimon Xivchinlilarni botaniklar oʻsimliklar dunyosiga kiritishadi. Xivchinlilarga 13turkumga birlashtiriladigan 7000 dan ortik, tur kiradi. Tanasi duksimon, tuxumsimon, silindrsimon, sharsimon va b. shaklda. Uz. 2—3 mkm dan (leyshmaniya) 1 mm gacha (ayrim opalinalar). Xivchinlari 1 tadan bir necha mingtagacha, uz. bir necha 10 mkm. Ayrim X. xivchini asosida kinetoplast (kelib chiqishi bilan mitoxondriyalarga yaqin boʻlgan DNK saqlovchi organoid) boʻladi (kinetoplastidlar). Koʻpchilik dengiz va barcha parazit Xivchinlilarning qisqaruvchi vakuoli boʻlmaydi. Hujayra yadrosi, odatda, bitta; 2 yadroli (lyambliya) va kup yadroli (opalinalar) X. ham bor. Odatda, boʻyiga 2 ga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Bu jarayon oxirigacha bormaganida (boʻlinadigan individlar ajralib ketmaydi) koloniya hosil boʻladi. Koʻpchilik Xivchinlilarda jinsiy koʻpayish gametalar kopulyatsiyasi orqali boradi. Tuban Xivchinlilarda jinsiy koʻpayish izogamiya (bir xil tipdagi jinsiy hujayralarning qoʻshilishi), boshqalarda geterogamiya (har xil tipdagi hujayralarning qoʻshilishi) dan iborat. Erkin yashovchi X. (5100 ga yaqin) chuchuk suv va dengizlarda, qisman tuproqsa uchraydi. Tabiatda moddalar aylanish jarayonida katta ahamiyatga ega (ayniqsa, plankton X.). Koʻpchilik X. suvlar ifloslanishining biologik indikatorlari hisoblanadi. Bir qancha X. odam va hayvonlarda parazitlik qilib, ogʻir kasalliklar (tripanosoma, leyshmaniya va b.)ga sabab boʻladi. Ayrim X. termitlar ichagida simbioz yashab, qiyin hazm boʻladigan oziq moddalarning hazm boʻlishiga yordam beradi.


Lotin alifbosida maqola: XIVCHINLILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUJAYRA
YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
HAYVONLAR
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты