YER QAZISH MASHINALARI

YER QAZISH MASHINALARI — tuproq va togʻ jinslarini qazish, kesish, oʻpirish, maydalash va maʼlum masofaga toʻkish uchun moʻljallangan mashinalar. Quruklikda va suv ostida ishlaydigan hamda gidravlik (suv otib ishlaydigan) turlari bor. Quruklikda ishlaydiganlari yer qazish-tashish mashinalari va ekskavatorlarga boʻlinadi. Yer qazish-tashish mashinalariga skreper, buldozer, greyder, avtogreyder, greyder-elevator va b. kiradi. Bunday mashinalar qazilgan tuproq yoki togʻ jinsini bir necha metrdan 5 km gacha masofaga toʻkishi mumkin. Ekskavator quruklikda ishlaydigan Yer qazish mashinalarining eng keng tarqalgani hisoblanadi. Suv ostida ishlaydigan va gidravlik Yer qazish mashinalariga gidromonitor, zemlesoslar, zemlesosli snaryadlar va b. kiradi. Yer qazish mashinalari yer qazish, togʻ jinslarini kesish-oʻpirish ishlarini toʻla mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: YER QAZISH MASHINALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



EKSKAVATOR
YER
TOSHKENT
SKREPER
GIDROMONITOR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты