XUMS

XUMS (arab. — beshdan bir) — islom anʼanasida musulmon qoʻshinlari qoʻlga tushirgan oʻljalarining (q. Gʻanimat) beshdan bir qismi. Uni avval Muhammad (sav) ixtiyoriga, keyinchalik xalifalar xazinasiga (q. Bayt ulmol) ajratilgan, qolgan qismini harbiy boshliqyaar oʻzlari va lashkarlarga taqsimlaganlar. Bu qoida ilk islom davridayoq Qurʼon oyatlarida (8: 42) bayon etilgan va shu asosida amalga kiritilgan, u oʻrta asrlarda barcha musulmon mamlakatlarida qoʻllanilgan. X. sifatida toʻplangan mablagʻlarning beshdan bir qismi avval Muhammad (sav) va uning avlodlarini taʼminlashga, shuningdek, qoʻshinlar xarajatlariga sarflagan. Xalifalar va keyingi hukmronlar davrida X. xazinaga tushgan.


Lotin alifbosida maqola: XUMS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ISLOM
QURʼON
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты