XURRAK

XURRAK, xurrak otish — nafas yoʻlidan oʻtayotgan havo oqimi taʼsirida hosil boʻladigan tovush. Bunga kichik tilchaning havo oʻtayotganda tebranishi, yaʼni vibratsiyasi sabab boʻladi. Ogʻizni ochib (baʼzan ogʻiz yumuq boʻlganda ham) va chalqancha yotib uxlaganda kishi X. otadi, chunki bunda yumshoq tanglayning oʻta boʻshashishi uchun sharoit yaratiladi.

Burunhalqum tuzilishidagi oʻziga xos tugʻma xususiyatlar yoki surunkali yalligʻlanish kasalliklari: shumov, gaymorit, tonzillit, pnevmoniya, astma, shuningdek, burun poliplari va adenoidlar ham X. otishga sabab boʻladi. Baʼzi kasalliklarda, mas, difteriyadan soʻng paydo boʻlgan yumshoq tanglay falajida, miyaga qon quyilganda, miya ezilganda ham bemor X. otishi mumkin. Koʻp X. otadigan odam yonboshlab yotishga, yostigʻi iloji boricha baland boʻlishiga harakat qilishi lozim; mexanik mikromassaj, issiq qilish, ultratovush, lazer kabi muolajalar yaxshi naf beradi. Burundan normal nafas olishni tiklash maqsadida baʼzan xirurgik operatsiya qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: XURRAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
LAZER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты