YUQORI BOSMA

YUQORI BOSMA — matn va rasmlarni koʻpaytirishning asosiy matbaa usullaridan biri. Bunda qolipning bosuvchi va oraliq (probel) elementlari turli (balandpast) sathlarda (bir tekislikda emas) joylashadi. Vallardagi boʻyoq elementlarga, ulardan esa bosilayotgan sirtga oʻtadi. Yuqori bosma uchun bosma qoliplarini yasash nisbatan oson, bosish sifati yaxshi va ish unumdorligi yuqori boʻladi. Yuqori bosma usulidan 1000-yildan koʻproq vaqtdan beri foydalaniladi. Dastlabki bosma qoliplari tekis va silliq sirtli yassi taxtalardan iborat boʻlgan. Ulardagi tasvirlar oraliq elementlarni oʻyib olish yoʻli bilan tayyorlangan. Hoz. bosma qoliplar metalldan quyib, plastmassa yoki rezinadan presslab tayyorlanadi. Yuqori bosma gazeta, jurnal, kitoblar, koʻp boʻyoqli rasmlar va boshqalarni bosishda qoʻllanadi (q. Poligrafiya).


Lotin alifbosida maqola: YUQORI BOSMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
JURNAL
POLIGRAFIYA SANOATI
NOSHIRLIK
POLIGRAFIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты