ZAKOT

ZAKOT (arab. — tozalanish, sadaqa berish) — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayrehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan katta yoshdagi musulmon 3. beradi. 3. beruvchi kishining mablagʻi oʻzi va qaramogʻidagilarning zaruriy extiyojlaridan ortiqcha boʻlishi lozim. Bu mablagʻga kishining jamgʻarmasi, doʻkonda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qoʻygan narsalari, birovga bergan qarzi kiradi. Qurʼoni karimning ayrim suralarida 3. namoz bilan yonmayon zikr etilgan. U yilda bir marta berilishi shart boʻlgan xayrehson (sadaqa) qatoriga kiradi va ayni vaqtda ibodat hisoblanadi. 3. miqdori mablagʻlarning 1/40 ulushi (2,5%)ga teng. Zakotni zakot berolmaydigan musulmonlar olishga xakli. 3. avval qarindoshlar orasidagi muxtojlarga, bunday qarindoshlar boʻlmasa, kambagal, qarzdor, musofirlarga beriladi. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan 3. miqdori bir oz boshqacharoq belgilangan. Zakotning asl hikmati faqir va muhtojlarning hojatini chiqarmoqdir.

Ad.: Imom alBuxoriy, Hadis, 1j. T., 1991; Margʻinoniy Burhoniddin, Hidoya, 1j., T., 2000.


Lotin alifbosida maqola: ZAKOT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Z harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ISLOM
Umar Shayx Mirzo Bahodir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты