FOTOTELEGRAF APPARATI

FOTOTELEGRAF APPARATI, faksimil apparat — yassi originallar (bosma yoki qoʻlyozma matnlar, rasmlar, fotosurat va b.)ning qoʻzgʻalmas tasvirlarini elektr aloqa simlari orqali uzatuvchi yoki qabul qiluvchi apparat. Elektromexanik usulda ishlaydigan birinchi Fototelegraf apparatini 1855-y. da italyan fizigi J. Kazelli kurgan. Zamonaviy Fototelegraf apparati yorugʻlikoptik va elektron qurilmalar, fotoelektrik oʻzgartirgichlar, modulyashorlar, detektorlar va b. dan iborat. Fototelegraf apparati uzatuvchi, qabul qiluvchi va qabul qiluvchiuzatuvchi xillarga boʻlinadi.

Uzatuvchi Fototelegraf apparati (yoki qabul qiluvchi uzatuvchi Fototelegraf apparatining uzatkichi) obyekt tasvirini videosignalga aylantiruvchi tahlil (analiz) tizimidan va videosignalni aloqa kanali boʻyicha uzatish uchun qulay shaklga oʻzgartiruvchi elektron uzel (modulyator)dan iborat. Tahlil tizimi: yorugʻlikoptik kurilma (obyekt sirtida nuqtanuqga yorugʻlik dogʻi hosil qiladigan yorugʻlik dastasi vujudga keltiradi), yoyuvchi qurilma (yorugʻlik dastasini navbatmanavbat barcha elementar maydonchalarga yoʻnaltiradi, natijada obyekt sirtidan yorugʻlik oqimi qaytadi), fotoelektr hosil qilgich (qaytgan yorugʻlik oqimini videosignalga aylantiradi)dan iborat. Videosignalni oʻzgartiruvchi uzelda tebranish modulyatsiyasi vujudga keladi.

Qabul qiluvchi Fototelegraf apparati (yoki qabul qiluvchiuzatuvchi Fototelegraf apparatining qabul qilgichi) qabul qilinadigan modulyatsiyalangan tebranishlarni demodulyatsiya qilish uchun moʻljallangan videosignal ajratuvchi elektron uzeldan hamda yoyuvchi va yozib oluvchi qurilmalardan tuzilgan sintezlovchi tizimdan iborat. Qabul qilingan videosignal fotoqogʻoz, fotoplyonka, ferromagnit materiallar va b. ga yozib olinadi. Aloqa liniyasi boʻyicha kelayotgan tok kuchining kattaligiga qarab, lampa fotoqogʻoz yoki fotoplyonkani turlicha yoritadi. Tasvirlarni, maye,: maxsus (elektrokimyoviy, termokimyoviy, elektrostatik va b.) yoki oddiy qogʻozga yozib olishning boshqa usullari ham bor.

Qabul qilu vchi uzatuvchi Fototelegraf apparatining yoyuvchi qurilmalari koʻpincha bir-biriga oʻxshash boʻladi; tuzilishi jihatdan ular mexanik va elektron turlarga boʻlinadi.


Lotin alifbosida maqola: FOTOTELEGRAF APPARATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: F harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FAKSIMIL ALOQA
ELEKTR
TELEGRAF ALOQA
FIZIKA
TELEVIDENIE


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты