GANDXARA — qad. Hindistonning shim.-gʻarbi (hoz. Pokiston, Afgʻoniston, Hindiston hududida)dagi viloyat.
Rigvedada qayd etilgan gandxari qabilasi nomidan olinganligi taxmin etiladi. Bihistun kitobalariia Gadara viloyati nomi bitilgan. Mil. av. 6-a. oxirida, axomaniylarning Hindistondagi mulklari tarkibida boʻlgan. Qad. hind adabiy yodnomalarida Gandxara bir paytlar mustaqil davlat bulib, poytaxti Taksila sh. da joylashganligi aytilgan. Mil. av. 4-a. dan Gandxara Mauriyalar imperiyasi va b. davlatlar, mil. 1—3-a. larda esa Kushon podsholigi tarkibida boʻlgan. Kushonlar davrida bu hududda vujudga kelgan yuksak, oʻziga xos badiiy sanʼat maktabi Gandxara nomi bilan atalgan. Bu sanʼat Oʻrta, Markaziy va Sharqiy Osiyo xalqlarining oʻrta asr sanʼati taraqqiyotiga sezilarli taʼsir kursatgan (q. Gandxara sanʼati).