Agglyutinatsiya (tilshunoslik)

Agglyutinatsiya (tilshunoslikda) – tillarda soʻz oʻzagi, negizga grammatik va derivatsiyaviy ma’noga ega affikslarni qoʻshish yoʻli bilan yangi soʻz yoki grammatik shakl hosil boʻlishi. Affikslar bir ma’noli, ya’ni ularning har biri bitta grammatik ma’noni ifodalaydi va mazkur ma’noni anglatish uchun ayni shu affiks xizmat qiladi. Affikslar birin-ketin ulanib keladi va oʻzak bilan ham, boshqa affiks bilan ham qorishib ketmaydi, ular chegarasi aniq boʻladi. Unli tovushlar asosning tovush tarkibiga bogʻliq holda fonetik oʻzgarishga uchrashi mumkin (shuningdek, singarmonizmga qarang ). Bundan tashqari undosh tovushlar ham morfemalar qoʻshilganda oʻzgarishga uchraydi. Lekin bu oʻzgarish muayyan til uchun xos boʻlgan sof fonetik qoidaga boʻysungan boʻladi. Bu holatni turkiy tillar, fin-ugor tillarida kuzatish mumkin. Agglyutinatsiya morfologik tavsifga koʻra agglyutinativ tillarda yaqqol namoyon boʻladi. Masalan, oʻzbek tilidagi "yozuvchilarga" soʻzida yoz – oʻzak (yozmoq ma’nosiga ega), -uv soʻz yasovchi qoʻshimcha (harakat nomi ma’nosiga ega), chi – soʻz yasovchi qoʻshimcha (shaxs oti ma’nosiga ega), lar – koʻplik qoʻshimchasi, ga – kelishik qoʻshimchasi; keyingi ikki qoʻshimcha soʻz oʻzgartiruvchi qoʻshimchalar hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: Agglyutinatsiya (tilshunoslik) haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
AGGLYUTINATSIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TURKIY TILLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты