ASBEST-SEMENT BUYUMLAR

ASBEST-SEMENT BUYUMLAR — asbest va sement qorishmasidan tayyorlanadigan qurilish materiallari. Listsimon, quvursimon xillarga boʻlinadi. Tomga yopiladigan shakldor listlar va yassi plitalar hamda plitachalar turar joy, jamoat va i. ch. binolari tomiga yopishda ishlatiladi. Presslab tayyorlangan va presslanmagan naqshli pardozlash plitalari turar joy va jamoat binolarining yordamchi xonalarini pardozlashda, devor panellariga qoplashda ishlatiladi. Maxsus ishlarga moʻljallangan buyumlarga ventilyatsiya qutilari, issiqlik izolyatsiyasini mexanik shikastlanishlardan saqlaydigan yarim silindrlar, metropolitenning gumbazeimon elementlari va b. kiradi. Quvursimon A.-s. b. ga vodoprovod quvurlari (bosimli va bosimsiz), gaz quvurlari va oʻtish kuvurlari kiradi.


Lotin alifbosida maqola: ASBEST-SEMENT BUYUMLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Alisher Fayz - Devor
ASBEST-SEMENT KONSTRUKSIYALAR
BELORUSSIYA
ASBEST SANOATI
ANGREN QURILISH MATERIALLARI KOMBINATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты