CHAQIQ JINSLAR

CHAQIQ JINSLAR — choʻkindi togʻ jinslari; turli togʻ jinslari (magmatik, metamorfik yoki choʻkindi togʻ jinslari) hamda minerallar (kvars, dala shpatlari, slyudalar, baʼzan glaukonit, vulkan shishasi va b.) boʻlaklari, parchalaridan tashkil topgan. Chaqiq jinslarning sementlashgan, sementlashmagan va gʻovak turlari mavjud. Sementlashgan Chaqiq jinslarda karbonatlar (kalsit, dolomit), kremniy oksidlari (opal, xalsedon, kvars), temir oksidlari (limonit, gyotit va b.), gilli minerallar va b. bogʻlovchi material vazifasini oʻtaydi. Chaqiq jinslarda koʻpincha organik qoldiqlar, mollyuska chigʻanoqlari, daraxtlarning tana va shoxlari va b. boʻladi. Chaqiq jinslar, asosan, strukturali belgi — jins boʻlaklari, parchalari, zarralar oʻlchamiga koʻra tasniflanadi: yirik chaqilgan jinslar yoki psefitlar, zarralarining oʻlchami 1 mm dan ortiq (sementlashmagan jinslar: palaxsa, gʻoʻlatosh, chagʻir toshlar, mayda va yirik shagʻallar; sementlashgan jinslar — konglomerat, brekchiya, gravelit va b.); qum jinslar yoki psammitlar, zarrachalarining oʻlchami 1—0,05 mm (qum va qumtoshlar); changsimon jinslar yoki alevritlar, zarrachalarining oʻlchami 0,05—0,005 mm (alevritlar va alevrolitlar); gilli jinslar yoki pelitlar zarralarining oʻlchami 0,005 mm dan kam (gillar, argillitlar va b.) boʻlgan jinslarga ajratiladi. Chaqiq jinslarga vulkan jinslari ham kiradi. Oltin, platina, qimmatbaho toshlar sochmalari, qalay, volfram minerallari, kamyob va radioaktiv elementlar dare va dengiz kumlarida uchraydi. Chaqiq jinslardan qurilish materiali sifatida, qumdan — shisha va metallurgiya sanoatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: CHAQIQ JINSLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DALA SHPATLARI
CHOʻKINDI TOF JINSLARI
BREKCHIYA
HINDISTON
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты