KOʻPOROSLAR (frans. couperose) — baʼzi metallar sulfat kristallogid-. ratlarining texnikadagi nomi. Toʻtiyo (mis kuporosi) CuSO45H2O, temir kuporosi FeSO4\7H2O, pyx kuporosi ZnSO4-7H2O va b. maʼlum. Mis koʻporosi (toʻtiyo) CuSO4\5H2O — koʻk kristallar. Zichligi 2,284g/sm3 , 250° da tamom suvsizlanadi. Metallarni mis b-n qoplashda, baʼzi mineral boʻyoklar tayyorlashda, shuningdek, misning boshqa birikmalarini olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. M. k. ning suyultirilgan eritmasidan oʻsimliklarga purkashda, donlarni ekish oldidan dorilashda foydalaniladi. Temir kuporosi FeSO47H2O — och yashil kristall modda. Suyuklanish t-rasi 64°, zichligi 1,899 g/sm3. Yogʻochni chirishdan saqlash maqsadida shimdiriladi, siyoh, berlin zangorisi tayyorlashda, yoritkich gazni vodorod sulfiddan va tarkibida sian guruhi boʻlgan birikmalardan tozalashda, boʻyoqchilikda xurush sifatida, q. x. zararkuvandalariga qarshi kurashda va fotografiyada ishlatiladi. Rux kuporosi ZnSO4-7H2O — rang-siz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 39°, zichligi 1,966 g/sm3. Tibbiyotda, boʻyoqlar tayyorlashda va chitlarga gul bosishda ishlatiladi.