VENA ARBITRAJLARI

VENA ARBITRAJLARI (1938 va 1940) — Germaniya bilan Italiya oʻrtasida Chexoslovakiya va Ruminiyaga tegishli hududning bir kismini Vengriyaga olib berish toʻgʻrisida Vena sh. da (Avstriya) qabul qilingan qarorlar. Vengriya Chexoslovakiyaning vengerlar yashaydigan qismini talab qilib chiqqanligi munosabati bilan Vena arbitrajlari qarorlariga (1938-y. 2 noyab. va 1940-y. 30 avg.) binoan Slovakiya va Zakarpatye Ukrainasining jan. tumanlari, shuningdek Shim. Transilvaniya Vengriya tasarrufiga berildi. Parij sulh shartnomasiga (1947-y. 10 fev.) koʻra V. a. oʻz kuchini yoʻqotdi.


Lotin alifbosida maqola: VENA ARBITRAJLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
SLOVAKIYA
AVSTRIYA
VENGRIYA
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты